Sirdaryoda “Mediahaftalik” yakunlandi

19.06.2026 14:00 O'zbekiston 3747 ipaknews.uz

Sirdaryo viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Sirdaryo viloyati hokimligi hamkorligida oʻtkazilgan “Media haftalik” yakunlandi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida boʻlib oʻtgan media forumda ushbu yirik media loyiha har jihatdan juda yuqori darajada amalga oshirilgani va katta natija berganligi taʼkidlandi.

Media haftalik davomida oʻtkazilgan mahorat darslarida jami 777 nafar jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari, mobilograflar, SMM mutaxassislari, telejurnalistlar hamda kontent yaratishga qiziquvchi yoshlar sohaga oid zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalar olish imkoniyatiga ega boʻldi.