Namanganda 65-Xalqaro “Gullar festivali” dasturi doirasida “Moda va isteʼdod–2026” xalqaro liboslar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Viloyat markazidagi “Uch favvora” xiyobonida tashkil etilgan ushbu tadbirda mamlakatimizning barcha viloyatlari bilan bir qatorda Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston davlatlaridan kelgan yosh dizaynerlar, mashhur brendlar vakillari hamda hunarmandlar, talabalar, oʻquvchilar va moda ixlosmandlari ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish marosimida “Gullar festivali” Namanganning iqtisodiy taraqqiyot, turizm, madaniyat va zamonaviy kreativ industriyalar markaziga aylanayotganini taʼkidlandi.