Xitoyning turli hududlarida qamariy taqvim bo‘yicha beshinchi oyning beshinchi kunida nishonlanadigan Duan'u bayramiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Joriy yilda ushbu bayram 19-iyunga to‘g‘ri keladi.
Bu bayramning tarixi ikki ming yildan ortiq vaqtni o‘z ichiga oladi. 2009-yilda Duan'u bayrami YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan va mazkur ro‘yxatdan joy olgan ilk an’anaviy xitoy bayramiga aylangan.
Bayram bilan bog‘liq ko‘plab urf-odatlar mavjud. Bu kunda yopishqoq guruchdan tayyorlanadigan szunszi taomi pishiriladi, uylar shuvoq va air (botqoq qamishi) o‘simliklari bilan bezatiladi, shuningdek, xushbo‘y hid taratuvchi tumorchalar sovg‘a qilinadi.
Bayramning eng mashhur an’analaridan biri — ajdarho qayiqlari poygasidir. Musobaqa davomida eshkakchilar jamoalari nog‘ora sadolari ostida belgilangan masofani bosib o‘tib, o‘zaro hamjihatlik va jamoaviy uyg‘unlikni namoyish etadi.
Bugungi kunda bunday musobaqalar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazilib, xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.