Ili o‘lkasining ranglari.

13.06.2026 09:00 Video 2319 ipaknews.uz XXR

Ili-Qozoq avtonom okrugida "Go‘zallik uyg‘unlikda, uyg‘unlik esa Ili o‘lkasida" nomli madaniy almashinuv dasturiga start berildi. Tadbir Ili xalq hukumati matbuot kanselyariyasi, Xitoy Yangiliklar xizmati (China News Service)ning Shinjon bo‘limi hamda Ili okrugi Adabiyot va san’at arboblari federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Dasturda jami 24 nafar rassom ishtirok etmoqda. Ili shahriga Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan tashrif buyurgan ijodkorlar, shuningdek, Szyansu provinsiyasi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni va Ili-Qozoq avtonom okrugidan kelgan rassomlar jam bo‘ldi.

Safar davomida ishtirokchilar okrugning turli hududlariga tashrif buyurib, ochiq osmon ostida ijodiy mashg‘ulotlar — plenerlarda qatnashadilar hamda mintaqaning betakror tabiati va madaniy merosi bilan yaqindan tanishadilar. Tashkilotchilar san’atni madaniy almashinuvni rivojlantirish va xalqaro gumanitar aloqalarni mustahkamlashning muhim vositalaridan biri sifatida baholamoqda.

Mazkur dastur turli mamlakat rassomlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, ijodiy aloqalarni rivojlantirish hamda xorijlik ishtirokchilarni Ili o‘lkasining zamonaviy qiyofasi va madaniy hayoti bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan.