Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahrida boʻlib turibdi.
Tadbirlar doirasida vazir Eʼzoza Karimova Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vaziri Huay Jinpeng bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.
Unda sunʼiy intellektni maktablarda taʼlimiga joriy etilishida Xitoy tajribasidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Vazir Huay Jinpeng Oʻzbekistondagi taʼlim islohotlarini yuqori baholadi va ilgari surilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasida “Taʼlim sohasida sunʼiy intellekt boʻyicha hamkorlik” toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.
Maʼlumot oʻrnida: mazkur uchrashuvlar “Raqamli taʼlim boʻyicha Jahon konferensiyasi—2026” doirasida amalga oshirilmoqda.