Özbekistonda kriket sport turini ommalaştiriş, uni xalqaro miqyosda rivojlantiriş hamda xorijiy mamlakatlar bilan sport aloqalarini mustahkamlaş borasidagi işlar izçil davom etmoqda. Bu borada Özbekiston Kriket federatsiyasi tomonidan xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va ilğor tajribalarni örganişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda Özbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliyev Xitoy Xalq Respublikasida bölib, Xitoy kriket assotsiatsiyasi vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.
Xitoyning Çunsin şahrida bölib ötgan muloqot davomida ikki mamlakat örtasida kriket sport turini rivojlantiriş, özaro hamkorlikni mustahkamlaş va sohadagi tajribalar almaşinuvini yölga qöyiş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Uçraşuvda, şuningdek, ikki mamlakat kriket jamoalari örtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan qator istiqbolli taşabbuslar ilgari surildi. Jumladan, xitoylik kriketçilarning Özbekistonga taşrifini taşkil etiş, qöşma öquv-maşğulot yiğinlarini ötkaziş, örtoqlik uçraşuvlari hamda turli sport musobaqalarini taşkil etiş masalalari yuzasidan kelişuvlarga erişildi.
Mazkur hamkorlik ikki mamlakat kriket jamoalari örtasidagi döstona aloqalarni yanada mustahkamlaş, sportçilarning mahorati va tajribasini oşiriş, şuningdek, kriketni yoşlar örtasida keng tarğib etiş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.