Oliy Majlis Senatida OXUS universiteti talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga Senat faoliyati, uning tashkiliy tuzilmasi, shuningdek, qonun ijodkorligi jarayonidagi oʻrni va ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.
Uchrashuv chogʻida senator parlament faoliyatining amaliy jihatlariga alohida toʻxtalib, qonun loyihalarini ishlab chiqish, ularni muhokama qilish hamda qabul qilish bosqichlarini atroflicha tushuntirib berdi. Samimiy va ochiq muloqot ruhida oʻtgan tadbirda talabalar oʻz fikr-mulohazalari va savollari bilan faol ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan batafsil javoblar oldilar.
Taʼkidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, davlat boshqaruvi tizimi haqidagi bilimlarini boyitish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.