Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi ayni kunlarda Istanbul shahrida oʻtayotgan Parlamentlararo ittifoqning 152-assambleyasida faol ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli anjuman bu gal “Kelajak avlodlar manfaatlari yoʻlida ishonchni mustahkamlash, barqaror tinchlikni taʼminlash va adolatni qaror toptirish” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, unda global ahamiyatga ega masalalar muhokama qilinadi.
Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari bir qator muhim muloqot va forumlarda qatnashishi rejalashtirilgan. Parlament ayol aʼzolari forumi, Qoʻshilmaslik harakati parlament tarmogʻining 5-konferensiyasi hamda Yosh parlament aʼzolari forumi shular jumlasidandir.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston delegatsiyasining parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama uchrashuvlari oʻtkaziladi.