Senat yalpi majlisida ombudsmanning 2025-yildagi faoliyati muhokama qilindi

08.04.2026 16:50 O'zbekiston 3656 ipaknews Senat

Senatning 14-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

Oliy Majlis Senatining mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq Akram Shukurov sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari – sudlov hayʼati raisi etib saylandi.

Shuningdek, Baxodir Abdullayev, Sobirjon Ergashev, Begzod Xaydarov, Nozimjon Jurayev oʻn yillik muddatga hamda Akmal Murodov va Odil Normahmatov sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.

Boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Dilshod Rajabov, Kamoliddin Tollibayev, Anvar Elmurodov, Elbekjon Turgunboyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.