Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi tushdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 26-mart kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 24,39 soʻmga tushdi va 12 171,61 soʻmni tashkil qildi.

Yevro kursi 23,41 soʻmga pastladi va 14 117,85 soʻm etib belgilandi.

Rossiya rubli 1,94 soʻmga tushib, 149,80 soʻmni tashkil etdi.