Oliy Majlis Senatida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyi oʻquvchilari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Tadbir davomida yoshlarga parlament yuqori palatasining faoliyati, tuzilishi, qonun ijodkorligi jarayonidagi oʻrni va asosiy vakolatlari haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuvda senatorlar oʻzlarining ish tajribasi haqida soʻzlab, qonunlarni ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish tartibi yuzasidan tushunchalar berdi. Ochiq muloqot shaklida oʻtgan tadbirda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Qayd etilganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, davlat boshqaruvi tizimiga qiziqishini kuchaytirish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida oʻquvchilar bu kabi uchrashuvlar kelgusidagi kasb tanlovi va shaxsiy rivoji uchun foydali boʻlishini taʼkidladilar.