Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2026, hijriy 1447-yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori boʻyicha qarori qabul qilindi.
Unga koʻra:
Zakot nisobi — 100 million soʻm va undan ortiq pul va moli borlar 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 100 000 000 (yuz million) soʻm deb belgilangan.
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
- 2 kg bugʻdoy yoki uning qiymati –12 000 soʻm
- 4 kg arpadan – 20 000 (yigirma ming) soʻm;
- 2 kg mayizdan –110 000 (bir yuz oʻn ming) soʻm;
- 4 kg xurmodan –200 000 (Ikki yuz ming) soʻm.
Fitr sadaqasini Ramazon hayiti oʻqilgunga qadar berish kerak boʻladi. Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu besh mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida kambagʻalga bersa kifoya qiladi.
Kimda kamida 85 gramm tilla yoki 100 000 000 (yuz million) soʻm va undan ortiq pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli boʻlsa, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.