O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogini ikkinchi o‘rinda yakunladi

04.05.2024 00:00 O'zbekiston 5

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarda o‘tkazilgan U23 Osiyo kubogini ikkinchi o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.

Yaponiyaga qarshi kechgan final bahsida vakillarimizdan omad yuz o‘girdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti yakunida kun chiqar yurt futbolchisi Fuki Yamada uzoq masofadan aniq zarba berib, bahsda hisobni ochdi.

photo_2024-05-03_22-06-40

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi


Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda hakam VAR yordamida Yaponiya darvozasiga penalti belgiladi. Ammo zahiradan maydonga tushgan Umarali Rahmonaliyevning yo‘llagan zarbasini yaponlar darvozaboni Kokubo qaytardi.

Temur Kapadze jamoasi ketma-ket ikkinchi marta kumush medallariga sazovor bo‘ldi. Yaponiya esa ushbu yosh toifasida ikkinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi.

photo_2024-05-03_23-39-34

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Qayd etish kerak, Osiyo kubogida terma jamoamizning tarixiy natijasiga munosib hissa qo‘shgan futbolchilar Legionerlarimiz Abduqodir Husanov, Hojimat Erkinov va Abbosbek Fayzullayev o‘z klublari ixtiyoriga jo‘nab ketgani bois mazkur bahsda ishtirok etmadi.

photo_2024-05-03_21-48-42

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi



U23 Osiyo kubogi, final
O‘ZBEKISTON - YAPONIYA - 0:1
Gol: Fuki Yamada (90+1)
Noaniq penalti: Umarali Rahmonaliyev (90+10, darvozabon)