Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Ismatullo Nasridin bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda keyingi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilganini, siyosiy muloqot faollashgani, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalar izchil kengayib borayotganini qayd etildi.
Suhbat davomida parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish va xalqaro parlament maydonida muloqotni davom ettirish muhim ekanini taʼkidlandi.
Bu borada hududlararo munosabatlarni yanada faollashtirish va parlamentlar yuqori palatalarining hamkorligi boʻyicha komissiyalarning amaliy dasturlarida ham mahalliy Kengashlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozimligi qayd etildi.