Senator boshchiligidagi ishchi guruh Mirobod tumanida aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandi

11.02.2026 10:20 O'zbekiston 2110 ipaknews Senat

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahri Mirobod tumanida xavfsiz muhitni yaratish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandi.

Jumladan, ishchi guruh IIV masʼul rahbarlari bilan birga mahallalarda jamoat tartibini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Ish guruh tomonidan Mirobod tumani hokimligida tashkil etilgan Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati bilan tanishildi. oʻrganish jarayonida obyektlarda oʻrnatilgan videokuzatuv kameralari samaradorligini oshirish, jamoat tartibini saqlash boʻyicha kuch-vositalarning imkoniyatlaridan keng foydalanish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga Banokatiy mahallasi va unga tutash hududlarda xavfsiz muhitni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Mahalliy aholi va savdo obyektlari rahbarlari bilan muloqotlar oʻtkazilib, mavjud muammolar oʻrganildi.

Uchrashuvlar davomida hududlarni zamonaviy qoʻriqlashning texnik vositalari bilan jihozlash, obyektlarni qoʻriqlovga olish orqali jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish muhimligi alohida taʼkidlandi