Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 29-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 40,96 soʻmga oshdi va 12 168,98 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 169,17 soʻmga balandladi va 14 588,17 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,37 soʻmga koʻtarilib, 159,89 soʻmni tashkil etdi.