Termiz shahridagi Prezident maktabi nufuzli Xalqaro maktablar kengashi (CIS) aʼzoligiga qabul qilindi. Ushbu xalqaro eʼtirof taʼlim muassasasida oʻquv jarayonlari jahon taʼlim standartlariga toʻliq mos ekanini tasdiqlaydi.Bu haqda "Xalq soʻzi" nashri veb sayti xabar berdi.
CIS aʼzoligi Prezident maktabi oʻquvchilari va bitiruvchilari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Xususan, ular dunyoning yetakchi TOP universitetlarida toʻliq grant asosida tahsil olish imkoniyatini kengaytiradi.
Mazkur yutuq viloyatda zamonaviy, raqobatbardosh va sifatli taʼlim tizimini rivojlantirish yoʻlida qoʻyilgan muhim qadam sifatida eʼtirof etilmoqda.