Toshkentda YPX reydi davomida qidiruvdagi shaxs ushlandi

Shaxs jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qidiruvdaligi aniqlangan.

Foto: Toshkent shahar YHXB
Foto: Toshkent shahar YHXB

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs aniqlandi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 7-dekabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon YPX katta inspektori tomonidan Bektemir tumani TXAY koʻchasida “BYD” rusumli avtomashina hujjatlarini tekshirish maqsadida toʻxtatilgan.

Mazkur transport vositasining yoʻlovchisi 36 yoshli A.Y. oʻzini tutishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uygʻotgan. Yoʻlovchining maʼlumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganida, ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 168-moddasida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qidiruvdaligi aniqlangan.

Shundan soʻng u oʻrnatilgan tartibda Bektemir tuman IIO FMB xodimlariga topshirilgan.