Turkiyaning Sindirgi shahrida 6,1 magnitudali zilzila sodir boʻldi, deb xabar berdi mamlakatning Favqulodda vaziyatlar boʻyicha boshqarmasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Zilzila 27-oktyabr kuni soat 22:48 da (mahalliy vaqt bilan) yuz bergan boʻlib, uning markazi yer ostining qariyb 6 kilometr chuqurligida joylashgan. Zilzila tebranishlari qoʻshni viloyatlarda ham sezilgan.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning soʻzlariga koʻra, tabiiy ofat oqibatida uchta bino va bir doʻkon qulab tushgan, u yerda boʻlgan barcha odamlar oʻz vaqtida evakuatsiya qilingan.
Sogʻliqni saqlash vaziri Kemal Memishogʻlu esa 19 kishi jarohat olganini, ularning ayrimlari binolardan sakrash yoki yiqilish oqibatida shikastlanganini maʼlum qildi. Unga koʻra, toʻrt nafar jarohatlangan allaqachon kasalxonadan chiqarilgan, qolganlarning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.