Xitoy — Markaziy Osiyo hamkorlik mexanizmi kotibiyati ish boshladi
Ochilish marosimi Sianda bo'lib o'tdi
foto: CMG.
Shensi provinsiyasining Sian shahrida Xitoy — Markaziy Osiyo hamkorlik mexanizmi kotibiyatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati vakillari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilarini davlat kengashi a'zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang I kutib oldi.
Diplomatning ta'kidlashicha, Xitoy — Markaziy Osiyo hamkorlik mexanizmi kotibiyatining tashkil etilishi olti davlat rahbarlarining hamkorlik to'g'risidagi kelishuvlarining amalga oshirilishini anglatadi va xalqaro hamjamiyatga tomonlarning birgalikdagi rivojlanishga bo'lgan qat'iyatini ko'rsatadi.
O'tgan yilning may oyida Xitoy — Markaziy Osiyo sammiti Sianda muvaffaqiyatli bo'lib o'tgandi, bu Xitoy va Markaziy Osiyo beshligi o'rtasidagi munosabatlar mexanizmini eng yuqori darajaga ko'tardi. Olti mamlakat rahbarlari Xitoy - Markaziy Osiyo yagona taqdirining yanada yaqin hamjamiyatini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qildilar, davlat rahbarlari uchrashuvlari mexanizmini rasmiy ravishda o'rnatdilar va Xitoy — Markaziy Osiyo mexanizmining doimiy kotibiyatini tashkil etishga kelishib oldilar.
29 mart kuni kotibiyatni ishga tushirish marosimi Xitoy TIV vakili Lin Jian tomonidan brifingda e'lon qilindi. Uning so'zlariga ko'ra, bu qadam olti mamlakat rahbarlari erishgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.
"Xitoy barcha tomonlarning birgalikdagi sa'y — harakatlari bilan Xitoy — Markaziy Osiyo mexanizmi va uning kotibiyati faoliyatini rivojlantirishda davom etishiga, XXR va Markaziy Osiyo o'rtasidagi sifatli hamkorlikni rivojlantirishga , Xitoy va Markaziy Osiyoning yagona taqdirining yanada yaqin hamjamiyatini yaratishga ko'proq hissa qo'shishiga olib keladi", dedi Lin Jian.
Tashqi ishlar vazirligi vakili hamkorlikning o'sish sur'atlarini ko'rsatadigan bir qator ma'lumotlarni keltirdi: o'tgan yili Xitoy va mintaqaning beshta mamlakati o'rtasidagi savdo qariyb 90 milliard dollarni tashkil etdi. Yil davomida erishilgan 27,2 foiz o'sish rekorddir.
Diplomatning so'zlariga ko'ra, tomonlar o'rtasida iqtisodiyot va savdo, energetika va qishloq xo'jaligi kabi an'anaviy sohalarda hamkorlik rivojlanmoqda. Yangi sohalarda — yuqori texnologiyalar, yashil energiya va elektron tijoratda hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Xitoy-Yevropa yuk temir yo'l yo'nalishi bo'yicha o'tkazish qobiliyati oshdi. Yirik loyihalar, shu jumladan Xitoy — Qirg'iziston — O'zbekiston avtomobil yo'li va Xitoy — Tojikiston shosesi uchastkasi qurilishi amalga oshirilmoqda. Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarini bog'laydigan to'g'ridan-to'g'ri yo'lovchi reyslari soni 68 taga ko'tarildi.
"Hozirda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida 80 juft birodar shaharlar mavjud. Hamkorlikning aniq natijalari Xitoy — Markaziy Osiyo mexanizmining o'ziga xos afzalligi va ulkan salohiyatini namoyish etadi", — deya xulosa qildi rasmiy.