Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Kobul shahriga tashrifi davomida kecha Afg‘oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

13.03.2024 00:00 O'zbekiston 8
"Kobulga tashrifimiz chog‘ida Afg‘oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari – bosh vazir v.b. Mulla Muhammad Hasan Oxund janobi oliylari, bosh vazir o‘rinbosari v.b. Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy janobi oliylari, bosh vazir o‘rinbosari v.b. Mulla Abdul G‘ani Barodar janobi oliylari, tashqi ishlar vazirligi v.b. Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy janobi oliylari, ichki ishlar vaziri v.b. Xalifa Sirojiddin Haqqoniy janobi oliylari, savdo va sanoat vaziri v.b. Nuriddin Aziziy janobi oliylari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik", — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.