Farg‘ona shahridagi yashash xonadonida gaz portlashi oqibatda hindistonlik talabalar jarohatlandi.

13.03.2024 00:00 O'zbekiston 7

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, ular turli darajadagi termik kuyishlar olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Ikki nafari, 2001 yil va bir nafari 2003 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchilar Farg‘ona tibbiyot institutida o‘qib, Sharq ko‘chasidagi hovlida ijara asosida yashayotgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.