Turkmanistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

14.03.2024 00:00 O'zbekiston 8

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkmaniston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Shadurdi Meredov bilan uchrashdi.

YaHudXEtN1bI9mfDaY5vSO3QZDey3V77_front (1)

Rasm: O‘zA

Muloqot chog‘ida hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilgan bir qator madaniy tadbirlarga oid masalalar muhokama etildi.  

Qayd etilishicha, 2024-yilning 26-27-mart kunlari Turkmanistonning Anau shahrida “Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” tadbirlari bo‘lib o‘tishi belgilangan bo‘lib, O‘zbekiston delegatsiyasi va ijodiy guruhi Turkmanistonga safari rejalashtirilgan. Uning doirasida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilishi ham qayd etilgan.