Muaytay bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston 22 medal bilan birinchi o‘rinda bormoqda

18.03.2024 00:00 O'zbekiston 7

Tailandning Bangkok shahrida Jahon muaytay federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan navbatdagi jahon chempionatida 32 ta mamlakatdan 600 ga yaqin sportchilar turli yosh va vazn toifalarida o‘zaro raqobatlashmoqda.

Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ushbu jahon birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. O‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi bahslarda vakillarimiz o‘z yosh hamda vaznlarida 10 ta oltin, 8 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida 1-o‘rinda bormoqda.  

Maʼlumot uchun, 20 mart kuniga qadar o‘tadigan mazkur chempionatda yana 25 nafar muaytaychilarimiz bahslarga kirishadi.