Gruziyada “O‘zbekiston madaniyati va kinosi” kunlari tashkil etiladi

19.03.2024 00:00 O'zbekiston 5

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Gruziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Georgiy Chxeidze bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Bosh vazirining Gruziyaga, Gruziya Bosh vazirining O‘zbekistonga amalga oshirgan tashriflari natijasida ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlik rivojlanib borayotgani e’tirof etildi.  

Foto: Uza.uz

Xususan, Gruziya vakillari “Lazgi” raqs san’ati hamda Xalqaro hunarmandchilik festivallarida ishtiroki muntazam tus olgani, 2023-yilning 6-8-may kunlari Guliston shahrida o‘tkazilgan III Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida Gruziya vakillari ishtirok etgani ta’kidlandi.  

Uchrashuv davomida 2024-yilda Gruziyada “O‘zbekiston madaniyati va kinosi” kunlarini tashkil etish yuzasidan fikrlar bildirildi.  

Foto: Uza.uz

Shuningdek, mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda Gruziya vakillarining ishtirokini ta’minlash, kino sohasida hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma kinoasarlar yaratish masalalari muhokama qilindi.