Toshkent dunyoning havosi eng iflos poytaxtlari yillik reytingida 22-o‘rinni egalladi

20.03.2024 00:00 O'zbekiston 5

 

Toshkent 2023-yilda dunyoning havosi eng iflos poytaxtlari reytingida 22-o‘rinni egalladi. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda PM2,5`ning o‘rtacha yillik darajasi JSST tavsiyalaridan 5−7 baravar yuqori bo‘lgan,deya yozadi Gazeta.uz

Shveysariyaning IQAir texnologik kompaniyasi 2023-yilgi havo sifati bo‘yicha Butunjahon hisobotini e’lon qildi. Unda 134 mamlakat va hududdagi 7812 ta shaharda havoning PM2,5-mayda zarrachalari bilan ifloslanganlik darajasi baholanadi. Buning uchun mutaxassislar 30 mingdan ortiq kuzatuv stansiyalari ma’lumotlarini tahlil qiladi.

O‘zbekiston havosi sifati faqat Toshkent shahri orqali o‘rganilgan. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtda PM2,5`ning o‘rtacha yillik konsentratsiyasi 28,6 mkg/m3 ni tashkil etgan — bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalaridan 5−7 baravar yuqori.

Havosi eng iflos bo‘lgan dunyo poytaxtlari reytingida Toshkent 22-o‘rinda. Ifloslanish darajasi bo‘yicha shahar “qizil” toifaga kiritilgan, bu zararli havoni bildiradi.