O‘zbek maqomlari Ozarbayjon xalqiga manzur bo‘ldi

20.03.2024 00:00 O'zbekiston 5

Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi Haydar Aliyev markazida Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansamblining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi axborot xizmati.

RtjL6ycN4WC9MdDfWrMqTFtftVzoDWxr_front

Ushbu konsert dasturida bayram oldi diltortar kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, qardoshlarimizda o‘zbek milliy maqomiga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.

Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli bugungi kunda milliy san’atimizni respublika va xalqaro miqyosda faol targ‘ib etib kelayotgan ijodiy jamoalardan sanaladi. Ijodiy jamoa hamda O‘zbek milliy maqom san’atining hududiy bo‘limlari «Maqom gulshani», «Nazm va navo», «Mumtoz navolar», «Ushshoq», «Bahor tarovati» kabi musiqiy dasturlarni taqdim etib, bebaho maqom san’atining targ‘ibotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Bok-u shahrida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida mumtoz musiqamizning bebaho namunalari yangradi. O‘zbekistonlik maqom ijrochilarining ijrosi qardosh xalqda katta taassurot qoldirdi. Bu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.