Tatariston raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Martabali mehmonni Termiz xalqaro aeroportida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi rasmiylar kutib oldi. Shundan so‘ng, Islom olamining buyuk allomasi, hadis ilmining yetuk olimi Al-Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyorat etildi. Qur’on oyatlari tilovat qilindi.
Tashrif davomida erkin iqtisodiy zona, logistika markazlari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv, vohadagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrif hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish belgilangan.