O'zbekiston va Pokiston TIV rahbarlari ikki davlat o'rtasidagi yaqin aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar

26.03.2024 00:00 O'zbekiston 4

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Is'hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.

1711456713082_1

Rasm: "Dunyo" AA

"Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Is'hoq Dar janoblari bilan telefon orqali muloqot qilishdan mamnunmiz, — deb yozdi Baxtiyor Saidov o'zining telegram kanalida. Vazir O'zbekiston-Pokiston strategik sherikligi kun tartibi tobora kengayib borayotgani, samarali ikki tomonlama munosabatlarning ko'plab sohalarini qamrab olgani, hamkorlikning barcha yo'nalishlarida ijobiy sur'at kuzatilayotganini ta'kidlagan. 

Ma'lumot uchun, Muhammad Is'hoq Dar shu yilning 11-mart kuni Pokiston tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan edi.