“20 000 00 00” mobil raqami auksionda rekord darajadagi 1,07 milliard so‘mga (85 ming dollar) sotildi. Auksionda 10 nafar talabgor ishtirok etib, 87 ta taklif kiritdi, shu bois raqamning boshlang‘ich bahosi 5 barobarga oshdi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida mobil telefon raqamini sotish bo‘yicha rekord bitim qayd etildi, deb xabar qildi birja matbuot xizmati.20-mart kuni jismoniy shaxslar uchun boshlang‘ich bahosi 200 million so‘m bo‘lgan “20 000 00 00” raqami auksionga qo‘yildi. Auksionda 10 nafar ishtirokchi qatnashib, uch soatdan ortiq vaqt mobaynida 87 ta narx taklifini taqdim etdi. Natijada raqamning narxi 5 barobarga — 1,07 milliard so‘mgacha (Markaziy bank kursi bo‘yicha qariyb 85 ming AQSh dollari) oshdi.