2024-yil 23-27-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoqning (PI) 148-Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan yuzlab parlament vakillari ishtirok etishdi.
Bugungi kunda 180 ta milliy parlament va 15 ta mintaqaviy parlament organi Parlamentlararo ittifoqqa a’zo. Tuzilma demokratiyani targ‘ib qiladi va parlamentlarni kuchliroq, yoshroq, yashilroq, gender jihatdan muvozanatli va innovatsion institutlarga aylantirishga yordam beradi.
Assambleya “Parlament diplomatiyasi: tinchlik va o‘zaro hamjihatlik uchun ko‘prik yaratish” mavzusidagi umumiy munozaralar doirasida uyushtirildi.
Yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Odinaxon Otaxonova va Sanjar Hamidullayevlar ishtirok etdi.