Xitoy Fargʻonada elektr energiyasini saqlash tizimini quradi
Xitoy Fargʻonada elektr energiyasini saqlash tizimini quradi. Xitoyliklar yaqin muddatda 144 mln dollarlik loyihaning tamal toshini qoʻyishga tayyor ekanini aytdi.
foto:Fargona viloyati hokimligi matbuot xizmati
Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Xitoyning Aleks Van boshchiligidagi China Gezhouba Group Overseas Investment Co. Ltd kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu kompaniya dastlabki baholash boʻyicha jami 144 mln dollar miqdoridagi toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobiga Oʻzbekiston tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish loyihasini amalga oshirishga kirishmoqda.
Uchrashuvda ushbu loyihani amalga oshirish bilan tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Viloyat hokimi elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etilishining viloyatda elektr taʼminotini yaxshilashdagi ahamiyatini taʼkidlab, loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etishda doimiy koʻmak berilishini bildirdi.
Xitoyliklar yaqin muddatda loyihani boshlashga tayyor ekanini maʼlum qildi.