Xitoyning "Psearcher" jurnalida "O‘zbekiston Respublikasida bolalar kambag‘alligini baholash" sarlavhali maqola e'lon qilindi

04.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

Xitoyning "Psearcher" jurnalida "O‘zbekiston Respublikasida bolalar kambag‘alligini baholash" sarlavhali maqola e'lon qilindi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.

1712126632979_020png

Avval xabar berganimizdek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi UNICEF bilan birgalikda O‘zbekistondagi bolalarning monetar kambag‘alligi darajasi baholadi va ijtimoiy himoya tizimining kambag‘allik darajasiga ta'siri tahlil qilingan.

O‘tkazilgan so‘rovda mamlakat bo‘ylab 16 mingdan ortiq oila o‘rganildi. Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag‘alligi 7,8 foizga kamaygan.

"Ijtimoiy himoya Milliy agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqalarning umumiy qamrovi 10,8 million kishini tashkil etdi, – deyiladi materialda. – Kam ta'minlangan oilalarni bolalar nafaqalari va moddiy yordam bilan qamrab olish – 2,1 millionta kam ta'minlangan oiladan 9 million nafar kishini va 72,5 ming benefitsiar oilani tashkil etadi, umumiy to‘lovlar miqdori 12,3 trillionga teng".

 "Shunday qilib, O‘zbekiston barqaror rivojlanishning birinchi maqsadi – 2030 yilgacha kambag‘allikni barcha shakllarda bartaraf etishga sodiqligini namoyish etmoqda. Shu munosabat bilan, monetar bolalarining kambag‘alligini o‘lchash ushbu missiyani amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir", – deb yozgan "Psearcher" jurnali.