"Wizz Air" aviakompaniyasi O'zbekistonda o'z ishtirokini kengaytirmoqda

07.04.2024 00:00 O'zbekiston 4

Wizz Air" aviakompaniyasi Yevropa poytaxtlari va O'zbekiston shaharlari o'rtasida to'g'ridan to'g'ri reyslarni yo'lga qo'yadi

Wizz_air1

foto:Wizzair.com

O'zbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov Budapeshtda "Wizz Air" kompaniyasi prezidenti Robert Keri bilan uchrashdi

 

Muloqot chog'ida "Wizz Air" aviakompaniyasining O'zbekiston aviatsiya bozoridagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Aviakompaniya Yevropa poytaxtlari va O'zbekiston shaharlari o'rtasida to'g'ridan to'g'ri reyslarni yo'lga qo'yishdan manfaatdor ekani ta'kidlandi.

Muzokaralar davomida, shuningdek, "Wizz Air" bosh direktori Yozef Varadi boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga rejalashtirilgan safari muhokama qilindi.