Jizzaxda xitoylik hamkorlar bilan birgalikda quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

09.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida sanoat va energetika loyihalarining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi.

9e6e25d0-29b4-a15d-1208-74edab66b47b_lists_slider_7148

Prezident matbuot xizmatidan olingan surat.

Ana shunday loyihalardan biri - Forish tumanida Xitoyning “China Poly Group” va “China Electric” kompaniyalari bilan hamkorlikda quriladigan quyosh elektr stansiyasi.  350 million dollarlik ushbu majmua 500 megavatt quvvatga ega bo‘ladi. Unda yiliga 1,1 milliard kilovatt soat “yashil” energiya hosil qilinadi. Bu 450 ming xonadonning energiya ta’minoti yaxshilanadi, degani. Stansiyaning dastlabki 200 megavatt quvvat shu yil yakunida tarmoqqa ulanadi. 

28eb8abb-afb2-a760-7c10-28e03b8e4975_lists_slider_7148

Prezident matbuot xizmatidan olingan surat.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, majmua qurilishini boshlab berdi. 

Yaqin yillarda Sharof Rashidov, Forish va G‘allaorol tumanlarida yana 1 ming 660 megavattli issiqlik, shamol va quyosh elektr stansiyalari ham quriladi. Bular aholi turmush darajasini oshirib, iqtisodiyot rivojiga qo‘shimcha turtki bo‘ladi.