Mutaxassis zilzila haqidagi mishmishlarga izoh berdi

13.04.2024 00:00 O'zbekiston 7

“O‘zbekiston hududida yaqin orada kuchli zilzila kutilmayapti” – mutaxassis zilzila haqidagi xabarlarga izoh berdi

11-13 aprel kunlari dunyoning seysmik hududlaridan birida 8 magnitudadan yuqori balli zilzila bo‘lishi prognoz qilindi. Seysmologiya instituti olimi Ulfat Nurmatov yaqin kunlarda Markaziy Osiyo hududlarida kuchli zilzilalar kutilmayotganini ma’lum qildi.

11-13 aprel oralig‘ida yerning seysmik zonalaridan birida 8 magnitudadan yuqori kuchli zilzila bo‘lishi prognoz qilinyapti. Bu haqda Quyosh tizimi geometriyasi tadqiqot (Solar System Geometry Survey) instituti e’lon qildi. Niderland seysmologi Frank Hugerbits va jamoasi atmosferadagi tebranishlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarni tahlil qilib, zilzila kunlari va hududini prognoz qilgan.

uh-DRSzFX6ZnH_lvsqFsIlFTBns51k6K

Olimlar ehtimoliy zilzila bo‘ladigan 50 ta hudud ro‘yxatini tuzib chiqqan. Ular ichida O‘zbekiston va unga qo‘shni davlatlar kiritilmagan. Kun.uz Seysmologiya instituti katta ilmiy xodimi Ulfat Nurmatov bilan bog‘lanib, O‘zbekiston va unga qo‘shni hududlaridagi seysmik vaziyat haqida ma’lumot oldi. Mutaxassis Seysmologiya instituti olimlari kuzatuv kengashida har hafta dunyo va respublikadagi seysmik faollikni tahlil qilib borishini ma’lum qildi.

Bunda qayerda qanday zilzila bo‘lgani va qanchalik faolligini o‘rganamiz. O‘tgan haftada ham xuddi shunday kengash yig‘ilishi o‘tkazildi va yaqin orada Markaziy Osiyo, O‘zbekiston hududida kuchli zilzilalar bo‘lishi kutilmayapti. Hozir Markaziy Osiyo hududlari o‘rtacha faollik holatida”, – dedi mutaxassis.

Nurmatov Frank Hugerbitsning prognozi haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi. Unga ko‘ra, kuchli zilzilalarning aniq sanasini qisqa muddatda aytib prognoz qilish juda qiyin masala.

Seysmologlar odatda tekshiruv va kuzatuvlari natijasida keyingi kuchli zilzila qayerda bo‘lishi mumkinligini ayta olishadi, lekin aniq sanasini emas. Ba’zan aytilgan sanalar to‘g‘ri chiqadi, ba’zan esa yo‘q. Bu faqat bir taxmin xolos”, – dedi seysmolog.