Toshkent viloyatida kuchaytirilgan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda

13.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

Toshkent viloyatida davlat raqam belgisini yashirib harakatlanish holatlari yuzasidan kuchaytirilgan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda

 

 

00e48a5d640bb1c94d4e97a426a6b5c1

foto:Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyati IIBB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Poytaxtni voha va vodiy viloyatlari bilan bogʻlovchi hamda Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻllarida kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari tashkil etilmoqda.

Jarayonda transport vositalarining davlat raqam belgilarini yechib yoki yashirib harakatlanish holatlariga alohida eʼtibor qaratilib, aniqlangan shu kabi qoidabuzarliklar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilmoqda.