Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida yuz bergan yong‘inda naqshli masjid eshigi, Angliya qurolsozlari tomonidan yasalgan miltiq qo‘ndog‘i butkul yonib ketgan hamda bir qancha tarixiy eksponatlar zararlangan. Hozirda yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.
Yong‘in 11 aprel kuni soat 10:00 larda muzeyning ikkinchi qavatidagi ekspozitsiya zalida sodir bo‘lgan. Yong‘in jamoatchilikdan sir tutilgan.
Mas’ulning aytishicha Kun.uz muhbirlariga aytishicha, 1985 yilda qurib foydalanishga topshirilgan muzey binosida yong‘in eskirgan elektr simlarining qisqa tutashuvi ortidan kelib chiqqan.Yong‘inda faqat 1 dona vitrina yonib, miltiq qo‘ndog‘i va naqshli eshik butkul yonib ketgan. Vitrina va muzeyning yongan qismi esa ta’mirlangan. Rassom Gavrilov tomonidan 1938 yilda chizilgan, 1916 yil qo‘zg‘oloni aks etgan san’at asari qisman zararlangan.
Muzey rahbari holat viloyat badiiy ekspertizasi xodimlari tomonidan o‘rganilayotgani sababli ichkariga kirishga ruxsat bermagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.