Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtini o‘zgartirdi

19.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

Endi xalqaro aviaqatnovlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti parvozga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatiladi. 

a78140111bb1a41f4e090c479c47e7ab

Toshkent xalqaro aeroportida aviaqatnovlar soni oshishi va yo‘lovchilar oqimi ko‘payishi hisobga olinib, ro‘yxatdan o‘tish jarayoniga yangi qoidalar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, endi Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti parvozga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatiladi. 

Parvozoldi jarayonlaridan o‘tish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha vaqtni hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan aeroportga ertaroq yetib kelish so‘ralmoqda.