Holat yuzasidan Sanepidqo‘mita tushuntirish berdi
Ma’lumotlarga ko‘ra, bolalar va kattalarda qizamiq kasalligiga chalinish ko‘p uchramoqda. Mazkur holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga tushuntirish berdi.
foto: Google Image
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, dunyoda qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror emas.
Dunyoda 2022-yilga nisbatan kasallik 33 foizga ortgan. Kasallik ko‘payishining asosiy sababi sifatida koronavirus pandemiyasi davrida qizamiq kasalligiga qarshi 61 million aholi emlanmagani ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga respublikamizda emlash qamrovi 95 foizdan yuqori ko‘rsatkichlarda bo‘lishiga qaramay, qizamiq virusini chetdan kirib kelishi emlanish yoshiga yetmaganlar orasida tarqalishi va ayrim sabablarga ko‘ra emlanmaganlar yoki bir marotaba emlangan katta yoshdagi aholi orasida ham ro‘yxatga olingan, — deyiladi qo‘mita axborotida.