“Afrosiyob” poyezdiga chiptalar narxi yana oshmoqda

26.04.2024 00:00 O'zbekiston 8

“Afrosiyob” poyezdida chiptalar narxi 15-maydan oshadi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

афросиёб-LOkvXNTB

foto: “Daryo” 

Bu temiryo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Shu sababli 2024-yil 15-maydan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalar narxlari ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foiz miqdorda oshmoqda.

Endilikda narxlar quyidagicha bo‘ladi:

Toshkent—Buxoro

  • VIP — 890 000 so‘m
  • Biznes — 600 000 so‘m
  • Ekonom — 403 000 so‘m

Toshkent—Qarshi

  • VIP — 747 000 so‘m
  • Biznes — 507 000 so‘m
  • Ekonom — 338 000 so‘m

Toshkent—Samarqand

  • VIP — 554 000 so‘m
  • Biznes — 358 000 so‘m
  • Ekonom — 244 000 so‘m

 2024-yil 20-yanvardan yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foiz oshirilgandi