Martdagi oltin sotuvi respublikaning yanvar—mart oylaridagi jami eksportining 41,7 foizini tashkil etdi.
Bu haqda Statistika agentligi axborot berdi.
foto:Google
Birinchi chorakda oltin eksporti 10,5 foizga oshib, 2,66 milliard dollarni tashkil etgan (2023-yilning birinchi choragida 2,41 milliard dollar bo‘lgan).
Yanvar—mart oylarida O‘zbekiston jahonning 184 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Tashqi savdo aloqasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19 foiz), Rossiya (17,7 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (4,1 foiz) va Janubiy Koreyada (3,4 foiz) qayd etilgan.
- eksport – 6,4 milliard dollar;
- import – 9,4 milliard dollar.
Mamlakat yil davomida qariyb 25 tonnadan ortiq oltin sotgan.