Oʻzbekistonlik chavandozlar xalqaro turnir gʻolibi

26.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida ot sporti boʻyicha “CS01-W LONGINES FEI JUMPING NATIONS CUP EURASIAN LEAGUE” jamoaviy musobaqasi boʻlib oʻtdi.

48b42eb4d79fa0f92b73d4c8ffee83230426 (1)

Turnirda Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Rossiya vakillari ikki davradan iborat konkur yoʻnalishida bahslashdi. Jamoaviy bahsda sportchilarimiz Aʼzam Toliboyev, Oqil Sobirjonov hamda yosh va umidli chavandozlarimiz Abdurahmon Abdullayev, Dilshod Shokirov kabi tajribali sportchilar ishtirok etishdi.

Birinchi turdan soʻng musobaqa mezboni Oʻzbekiston terma jamoasi peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni Qozogʻiston va Qirgʻiziston jamoalari boʻlishdi. Biroq ikkinchi bosqichda qozogʻistonliklar qirgʻizistonlik raqiblarini ortda qoldirdi. Chavandozlarimiz esa peshqadamlikni saqlab qolishdi va xalqaro turnir gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

6d10f1a63fae05f8a11b9228106add900426