Qadimiy tangalarni xorijga olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi

26.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

“Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini olib chiqib ketishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabar qildi.

k88Kc52ZVPDtFEFm0FnnF08A26aIHKN8_front

Foto: Uza.uz

Qayd etilishicha, “Buxoro-Vnukovo” yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketayotgan ikki nafar fuqaro o‘zi bilan O‘zbekiston hududidan olib chiqib ketish taqiqlangan madaniy meros ashyolarini olib chiqishga uringan vaqtda bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi. Ikki holatda jami 4 dona qadimiy tanga borligi aniqlangan.

Ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan tangalarning qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza o‘tkazildi. Mazkur tangalar 1751-yilda Rossiya imperiyasining I imperatori Pyotr I hukmronligi davrida Yekaterinburg zarbxonasida zarb etilganligi tasdiqlandi.  

Hozir ushbu qadimiy numizmatika ashyolari doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga taqdim etildi.