Bugun Indoneziya bilan hal qiluvchi o‘yin

29.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bugun, 29-aprel sanasida Osiyo Kubogi yarim final doirasidan o‘rin olgan uchrashuvda Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi.

 

photo_2024-04-28_22-49-12-wW-yEf1B

foto: The-AFC

iya jamoasi saralash o‘yinlarida saralash o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashdi. Jamoa Turkmaniston hamda Xitoy Taypeyi termasi bilan bir guruhdan joy oldi. Turkmaniston termasiga 2 ta hamda Xitoy Taypeyi jamoasiga 9 ta gol urgan Indoneziya o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab, guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan holda Qatardagi musobaqaga yo‘l oldi.

Qatardagi musobaqada Indoneziya mezbonlardan tashqari Avstraliya hamda Iordaniya termalari bilan A guruhidan o‘rin egalladi.

Birinchi turda Qatardan mag‘lubiyatga (0:2) uchragan indoneziyaliklar ikkinchi turda sensatsion tarzda Avstraliyani mag‘lub etdi — 1:0. Hal qiluvchi turda Iordaniyani yirik 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan jamoa ikkinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi.

Indoneziya chorak final bahsida Qatarga tashrif buyurgan eng tajribali jamoalardan biri — Janubiy Koreya bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy daqiqalarida durang (2:2) o‘ynagan jamoalar penaltilar seriyasida g‘olib nomini aniqladi. Uzoq cho‘zilgan penaltilar seriyasida Indoneziya 11:10 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.

 

Guruh o‘yinlari hamda chorak final bahsini qo‘shib hisoblaganda jamoa 7 bora raqiblarini ranjitdi. Indoneziya tarkibida Marselino, Komang hamda Struik ikkitadan golga mualliflik qilgan. Vitan hisobida bitta gol mavjud.

Qatardagi musobaqa jamoa uchun debyut hisoblanadi. Indoneziya avvalgi besh musobaqa saralashida muvaffaqiyatli qatnasha olmagan. Ushbu musobaqada omadli qatnashayotgan Indoneziya o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda.

 

O‘zbekiston Olimpiya jamoasi Osiyo Kubogi saralashi doirasidagi barcha uchrashuvda g‘alaba qozondi. Birinchi turda Afg‘oniston 8:1 hisobida taslim etildi. Ikkinchi turda O‘zbekiston Olimpiyachilari o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabaga erishdi — 10:0. Eron bilan so‘nggi uchrashuv kurashlarga boy bo‘ldi. Abbosbek Fayzullayevning 47-daqiqada urgan goli terma jamoaning 9 ochko bilan guruh o‘yinlarini birinchi o‘rin bilan yakunlashiga zamin yaratdi.

Qatardagi musobaqada D guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston olimpiyachilari birinchi tur o‘yinini Malayziyaga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvda Jaloliddinov va Hoshimovlar o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Ikkinchi turda O‘zbekiston Kuvayt ustidan yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yakuniy turda Vyetnam taslim etildi. Bu safar Odilovning dubli va Jiyanovning goli evaziga O‘zbekiston 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhni birinchi o‘rinda yakunladi. Chorak finalda Saudiya Arabistoni taslim etildi. Birinchi taymga qo‘shib berilgan vaqtda Norchayev chiroyli tarzda gol urib hisobni ochdi. Rahmonaliyevning 84-daqiqadagi goli uchrashuvning yakuniy hisobi 2:0 bo‘lishini taʼminladi.

 

 

Natijalari

O‘zbekiston Olimpiya termasining eng yaxshi natijasi ham chempionlik hisoblanadi. Jamoa 2018-yilda Xitoyda o‘tkazilgan musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligida g‘oliblikni nishonlagan.

Olimpiya jamoasi 2022-yilda Toshkentda o‘tkazilgan musobaqalarning finalida mag‘lubiyatga uchragan.