Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar va 3 nafar ayol vafot etdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX axborot xizmati xabar berdi.
foto: Surxondaryo viloyati IIB JXX axborot xizmati
Oqibatda yo‘lning xavfli burilish qismiga yetib kelgach, boshqaruvni yo‘qotib yo‘ldan chiqib ketgan va shu yaqin atrofdagi hovlining molxonasiga borib urilgan.
YTH natijasida avtomashina salonida bo‘lgan 3 nafar voyaga yetmagan bola va 3 nafar ayol vafot etib, haydovchi og‘ir tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Boysun tumani IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.