Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyun oyi uchun yangilangan reytingni e'lon qildi.
Foto: olympic.uz
Unga ko‘ra 8 nafar oʻzbekistonlik bokschi oʻrin olgan:
- Superogʻir vazn: Bahodir Jalolov oʻtgan oydagidan 2 pogʻona koʻtarilib 10-oʻringa joylashdi;
- Superoʻrta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqoʻziyev oʻtgan oydagi singari 13-oʻrinda qayd etildi;
- Yarimoʻrta vazn (66,6 kg): Shahram Gʻiyosov oʻtgan oydagidan 3 pogʻona balandlab, 8-oʻrinni band etgan boʻlsa; Jahongir Rasulov 2 pogʻona yuqoriladi va 31-oʻrinni egalladi;
- Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-oʻrinda qoldi; Mirazizbek Mirzaxalilov oʻtgan oydagi kabi 28-oʻrinni band etdi;
- Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov oʻtgan oydagidan 2 pogʻona yuqorilab 30-oʻringa joylashdi;
- Birinchi oʻta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Doʻsmatov oʻtgan oydagidan pogʻona balandlab, 5-oʻrin band etdi.