O‘zbekiston giloslari Xitoyga eksport qilindi

O‘zbekiston giloslari Xitoyga eksport qilindi

20.06.2024 00:00 O'zbekiston 5

Farg‘ona viloyati Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasining 2023 yil sentyabr oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida Farg‘ona viloyati va Sichuan provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar doirasida joriy yilning 3 may kuni provinsiya markazi – Chendu shahrida “Farg‘ona savdo uyi” tashkil etilgan edi. 

Ushbu savdo-uyi orqali Xitoyga yuborilgan, vazni 700 kilo bo‘lgan O‘zbekiston yangi gilosining jo‘natmasi Chendu Tyanfu xalqaro aeroportida bojxonadan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabar berdi.

8N7c15Y3szJxMeKTW2eAzDvm5UjQlFkn_front

Foto: Uza.uz

Qayd etilishicha bu eksport qilinayotgan va keyinchalik mahalliy bozorda sotiladigan O‘zbekiston yangi gilosining birinchi partiyasi bo‘ldi.

Savdo uyi xitoylik ishbilarmonlarga Farg‘ona viloyatidan qator turdagi mahsulotlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, xitoylik tadbirkorlar uchun viloyat hududidan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari import qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish imkoniyati ham bor. Chenduga aviakargo orqali yetkazilgan viloyat meva-sabzavotlari uchun bojxona rasmiylashtiruvi "yashil yo‘lak" mexanizmidan foydalangan holda uch soat ichida amalga oshirilmoqda.

Y8TKxGDlO3mAdyx45rIl9wAZ5jM9EtMn_front

Foto: Uza.uz