Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi eʼlon qilindi

Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi eʼlon qilindi

20.06.2024 00:00 O'zbekiston 13

UzAutoMotors 21-iyun kuni soat 10:00 da Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishini eʼlon qildi.

Xabar qilinishicha,  21-iyun kuni, soat 10:00 da 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024-yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

15c19513a7461e4f85a7d0b76cac520a

Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini va mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

"UzAuto Motors avtoixlosmandlardan avtomobillarni sotib olish uchun boshqa resurslardan foydalanib shartnoma tuzmaslikni hamda firibgarlardan ehtiyot bo‘lishni qat’iy so‘raydi." deyiladi xabarda.