Tanzila Norboyeva Mo‘g‘uliston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Tanzila Norboyeva Mo‘g‘uliston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

25.06.2024 00:00 O'zbekiston 6

2024-06-24 21.05.11-Ug72vW8-

foto: Tanzila Norboyeva / Telegram

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat raisi Telegram kanalida xabar berildi

Uchrashuvda davlatlar o‘rtasida, savdo-iqtisodiy, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari, ijtimoiy-gumanitar kabi keng qamrovli sohalarda tuzilgan shartnomalarning ijrosini taʼminlashda parlament nazorati muhimligi qayd etilgan.

“Kelgusida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston parlamentlararo do‘stlik guruhlarining faoliyatini yanada jadallashtirish va shu yo‘nalishda tegishli hamkorlik hujjatlarini qabul qilish yuzasidan fikr almashdik”, – deyiladi xabarda.